Özbekistonda bir oyda 379 kişi qamaldi
25-12-2025, 18:52
237 марта
Özbekistonda bir oyda 379 kişi qamaldiÖzbekistonda 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar uyuştirilgan tezkor tadbirlar davomida 379 kişiga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, barça hududlarda huquqni muhofaza qiliş organlarining özaro hamkorligida 20 noyabrdan 20 dekabrgaça ötkazilgan tezkor-profilaktik oyligi davomida 16 571 ta tezkor-qidiruv tadbiri amalga oşirilgan. Tadbirlar davomida 2256 ta jinoyat foş etilgan, 1534 ta jinoyat işi qözğatilib, 379 nafar şaxsga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Şuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga çek qöyiş borasida ötkazilgan keng kölamli tezkor-qidiruv tadbirlarida jami 2 375 ta holat aniqlanib, narkojinoyatçilar va uyuşgan jinoiy guruhlardan 500 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar, 166 521 dona psixotrop dorilar olib qöyilgan. Noqonuniy ravişda yetiştirib kelinayotgan 521 tup giyohvandlik ösimliklari aniqlanib, belgilangan tartibda yöq qilingan.