Xorazmda giyohvand moddalar savdosi foş etildi
25-10-2025, 12:46
627 марта
Xorazmda giyohvand moddalar savdosi foş etildiGiyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bugungi kunda har qanday jamiyat uçun jiddiy xavf manbai sanaladi. Şu bois, unga qarşi kuraşiş maqsadida davlat va huquq-tartibot idoralari tomonidan tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi tezkor tadbirlar davomida Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida jami 11 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalari aşyoviy dalil sifatida olindi.
Jumladan, Xorazm viloyati Gurlan tumanida yaşovçi, 1952 yilda tuğilgan, oldin ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun ikki marotaba sudlangan şaxs 877 gramm “gaşiş” moddasini xaridorga 14 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtda qölga olindi.
Tergov jarayonida aniqlanişiça, uşbu giyohvandlik vositasi Tojikistonlik “narkokurer”lar tomonidan mamlakatimizga aylanma yöllar orqali olib kirilgan.
Şuningdek, Samarqand viloyatining Urgut tumani va Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ham şunga öxşaş holatlar qayd etilgan. Ular orqali jami 10 kilogrammdan ziyod “opiy” moddasi musodara qilindi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Unutmang! Giyohvandlik — asr vabosi. U nafaqat insonni, balki butun oilani halokatga yetaklaydi. Şu bois har birimiz oilamiz va jamiyatni uşbu “ajal oğusi”dan asraşga öz hissamizni qöşişimiz şart.