DXX Afğonistondan giyohvand modda olib kirganlarni qölga oldi
17-09-2025, 20:32
420 марта

DXX Afğonistondan giyohvand modda olib kirganlarni qölga oldi
DXX Afğonistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar töxtatib qoldi.Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş yönalişida DXX xodimlari tomonidan Farğona viloyatida tezkor tadbir ötkazildi.
Xususan, muqaddam narkokurerlar tomonidan Afğonistondan kontrabanda yöli bilan Surxondaryo viloyati hududiga olib ötilgan va Yozyovon tumaniga keltirilib, dala maydonidagi xufiya joyga yaşirib köyilgan 9 kg 896 gr “gaşiş” moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Marğilon şahrida yaşovçi, 1983 y.t. xususiy tadbirkor va uning 1989 y.t. jinoiy şerigi aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Şuningdek, voqea joyidan qoçişga uringan xususiy tadbirkorning yonida bölgan 14 ming 500 AQŞ dollari va 6 mln. 250 ming söm ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, uşbu noqonuniy işga aloqador bölgan uçinçi şaxsning yaşaş xonadonidan esa 110 gr. “opiy” moddasi, 2 ta elektron tarozi, 1200 AQŞ dollari hamda 28 mln. söm protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Takidlaş lozimki, uşbu ajal oğusi Farğona vodiysidagi istemolçilarga sotilişi kerak bölgan.
Afğoniston yönalişida narkotik moddalar kontrabandasiga qarşi kuraşiş doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari tomonidan yana bir tezkor tadbir ötkazildi.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida yaşovçi, 1963 y.t., muqaddam narkotik moddalar savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs Xorazm viloyati Xazorasp tumanida istiqomat qiluvçi, 1978 y.t. fuqaro bilan özaro til biriktirib, kelgusida sotib, mömay daromad topiş maqsadida afğonistonlik narkosavdogarlarga katta miqdordagi giyohvandlik vositasini buyurtma berişadi.
Öz navbatida narkokurerlar tomonidan ajal oğusi Afğonistondan Surxondaryo viloyati hududiga olib ötilib, keyinroq Törtköl tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketiladi.
Ötkazilgan tezkor tadbirda Törtköl va Xazorasplik mazkur şaxslar xufiya joydan 6 kg 149 gr “opiy” moddasini va 9 kg 814 gr köknori somonini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.
Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.