USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan şaxs qamaldi

165 марта

Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan şaxs qamaldi

Tojikistondan Özbekistonga 16 kilogramm giyohvandlik vositasi olib kelgan şaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, 2024 yilning 12 noyabr kuni DXX tomonidan Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Pop tumani hududida harakatlanayotgan Lacetti avtomaşinasi töxtatilgan. Avtoulov xolislar iştirokida tekşirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan va 1984 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli yuk sumkasida 3 kilogramm 887 gramm “opiy” va 9 kilogramm 839 gramm “gaşiş” moddalari borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.


Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida u Tojikiston fuqarosi bilan özaro til biriktirib, qöşni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qiliş hamda sotib, mömay daromad topişni reja qilgani va uşbu moddalarni Toşkent viloyatining Böka tumanida qabul qilib olgani malum bölgan.

Şuningdek, holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tezkor tergov tadbirlari davom ettirilib, 2024 yilning avgust-sentyabr oylarida tojikistonlik narkosavdogar tomonidan Böka tumani hududiga yetkazib berilgan va mazkur şaxs qabul qilib olib, Danğara tumanida joylaşgan öziga tegişli yer uçastkasiga yaşirib qöygan 1 kilogramm 902 gramm “opiy” va 857 gramm “gaşiş” moddalari hamda 1 dona “Makarov” pistoleti, 2 dona öqdon va 18 dona patron ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasining (kontrabanda) 1- va 2-qismlarida hamda 25, 273-moddasining (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: