Xorazmda Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq jinoyatlar foş etildi
12-05-2025, 15:56
674 марта

Respublikamiz böylab ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Xorazm viloyatida içki işlar organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçiboşqa organlar bilan özaro hamkorlikda bir qator oğir va öta oğir turdagi jinoyatlar foş etildi.
Jumladan, joriy yilning 6 may kuni Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati va DXX viloyat boşqarmasi tomonidan olingan tezkor malumotlar asosida Urganç şahrining Termiz köçasida istiqomat qiluvçi, 2003 yilda tuğilgan, Z.B. ning yaşaş xonadonida xolislar iştirokida tintuv ötkazildi. Olingan malumotlar tintuv jarayonida öz tasdiğini topdi, yani uşbu şaxs uyining yotoqxonasida 76,6 gramm “gaşiş” giyohvandlik vositasini kelgusida ötkaziş maqsadini közlab saqlab kelayotganligi malum böldi va uşbu giyohvandlik vositasi örnatilgan tartibda aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olindi.Şuningdek, Şovot tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 10 may kuni ötkazilgan tezkor tadbir natijasida giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravişda ötkaziş bilan boğliq jinoyat foş etildi. Yani, Urganç şahrida joylaşgan, asosan tungi paytda faoliyat olib boruvçi “Saxara” kafesida işlovçi, Urganç şahrining N.Kubro köçasida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan, E.A. kafe mijozlariga giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda ötkazib kelayotganligi töğrisida olingan malumotlar asosida nazorat ostidagi tezkor tadbir ötkazildi va unda E.A. navbatdagi “xaridor”ga umumiy vazni 0,31 gramm bölgan “gaşiş” giyohvandlik vositasini 1 500 000 sömga sotayotgan paytida jinoyat ustida qölga olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

