Özbekistonda yarim yil içida narkotikka aloqador 4 mingdan ortiq kişi uşlandi
3-07-2025, 09:29
180 марта

Özbekistonda yarim yil içida narkotikka aloqador 4 mingdan ortiq kişi uşlandi
Joriy yilning birinçi yarim yilligida Özbekistonda giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq jinoyat sodir etgani uçun 4195 nafar şaxs uşlandi. Bu haqda AOKAda Içki işlar vazirligi rahbariyati iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida malum qilindi.Qayd etilişiça, qölga olinganlardan 1 tonna 882 kilogramm giyohvandlik vositalari va 894 ming 255 dona kuçli tasir qiluvçi dori vositalari topilgan.
15 yanvar-15 fevral kunlari Toşkent şahrida “Xavfsiz va soğlom poytaxt” profilaktik oyligi ötkazilgan. 50 mingdan ziyod ötkazilgan profilaktik tadbirlarga 2 milliondan ortiq fuqaro jalb etilib, 838 ming donadan ortiq maxsus buklet va flayerlar tarqatilgan.
Şuningdek, 165 ming 998 nafar öquvçi va talaba bilan yakka tartibda profilaktik suhbat ötkazilib, giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari tuşuntirilgan.
Tadbir davomida 801 ta giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq holat aniqlanib, 567 ta jinoyat işlari quzğatilgan, 158 ta mamuriy tartibda çoralar körilgan.
Noqonuniy muomaladan 21,8 kilogramm giyohvandlik vositalari, 28,8 ming dona va 26 kilogramm miqdorda kuçli tasir qiluvçi dori vositalari olingan.
Qolaversa, giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan şuğullanuvçi internet narkodökonlarning reklamasi aks etgan 1 323 ta “narkograffiti”lar aniqlanib, öçirilgan va ularni çizgan 6 nafar şaxs javobgarlikka tortilgan.
Içki işlar organlariga olib kelingan şaxslardan 266 nafari majburiy, 235 nafari ixtiyoriy davolanişga yotqizilgan.
Internet ijtimoiy tarmoği orqali narkotiklarning savdosi bilan şuğullanuvçi şaxslarni aniqlaş hamda faoliyatiga çek qöyiş borasida tezkor-qidiruv tadbirlari jadallaştirilib, 75 ta “zakladkaçilar” bilan boğliq holatda 99 kilogramm 627 gramm giyohvandlik vositalari olingan.