Saudiyaga Haj uçun borgan 75 ming kişi qölga olindi
5-06-2025, 08:26
782 марта

Saudiyaga Haj uçun borgan 75 ming kişi qölga olindi
Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi[spoiler][/spoiler] 75 mingdan ortiq haj qoidalarini buzgan şaxslarni qölga oldi. Bu haqda “Al Bawaba” xabar berdi.
Xavfsizlik boşqarmasi rahbari, general-mayor Muhammad al-Bassami Makka şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida 269 mingdan ortiq ruxsatsiz kelgan şaxslar Makkaga kirişdan qaytarilgani, şuningdek, 75 ming 943 ta boşqa qoidabuzarliklar aniqlanganini aytgan.
Qolaversa, Bassami 252 ta soxta haj guruhlari va 1 ming 239 ta qoidabuzar transport vositalari aniqlangani, 109 ming 632 ta ruxsatnomaga mos kelmaydigan avtomobillar qaytarilganini malum qilgan
“Xavfsizlikni buzişga yoki qoidalarni buzişga harakat qilganlarga qatiy çoralar köriladi”, degan u öz nutqida.
Davlat xavfsizlik qöşinlari maxsus bölimining rahbari, general-mayor Muhammad al-Omari ziyoratçilar xavfsizligini taminlaş va ularni tartib bilan boşqariş böyiça qatiy rejalar işlab çiqilgani, ruxsatsiz şaxslarning muqaddas joylarga kirişini oldini oliş böyiça çora-tadbirlar körilayotganini malum qilgan.
Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi boşliği, general Hamud al-Faraj, birinçi marta yonğin öçiriş va qutqariş uçun maxsus dronlar tizimga joriy etilganini bildirgan.
Mamlakatning Haj va Umra vazirligi ziyoratçilarni yuqori haroratga qarşi ehtiyotkor bölişga çaqirgan
Şuningdek, rasmiy transport vositalaridan foydalaniş, piyoda yurmaslik va unga rioya qiliş zarurligi takidlangan.
Vazirlik ziyoratçilar xizmat körsatuvçi kompaniyalarning mehmonlarini barça qoidalar va körsatmalarga amal qilişlari uçun ogohlantirişga çaqirgan.