Endi Hajga ruxsatnomasiz borganlar 10 yilga deportatsiya qilinadi
29-04-2025, 16:54
202 марта
Saudiya Arabistoni 29 apreldan boşlab ruxsatsiz haj amalini ado etganlar va bunga kömaklaşganlarga jazo çoralarini kuçaytiradi.Vizasi tugaganlarga boşpana bergan yoki ularni hajga olib borgan şaxslarga ham jarima qöllaniladi. Makka va Madina şahriga faqat haj uçun maxsus viza asosida kirişga ruxsat beriladi. Boşqa hollarda esa quyidagiça çora qöllaniladi:
1) Haj ibodatini ruxsatnomasiz ado etayotgan yoki ado etişga urinayotgan şaxslarga 20 000 Saudiya rialigaça (5,3 ming AQŞ dollari) jarima solinadi. Makka şahri va muqaddas joylarga kirişga yoki u yerda qolişga uringan barça turdagi taşrif vizalari egalariga ham xuddi şunday jazo qöllaniladi.
2) Ruxsatsiz haj qilgan yoki qilişga uringan şaxs nomidan taşrif vizasi olganlar, yoki belgilangan davrda Makkaga kirgan/yaşaganlar uçun ham 100 000 Saudiya rialigaça (taxminan 26 ming AQŞ dollari) jarima qöllaniladi.
Bu jarima har bir qonunbuzar uçun alohida hisoblanadi, yani iştirokçilar soniga qarab köpayadi.
Haj mavsumida taşrif vizasiga egalarni Makka şahri va muqaddas ziyoratgohlarga olib borgan yoki bunga uringan, şuningdek, ularga mehmonxonalar, kvartiralar,boşpanalar yoki haj ziyoratçilarining turar joylarida boşpana bergan yoki berişga uringan şaxslar ham 100 000 rialigaça jarima tölaydi. Bu jarima yaşiringan va bunga yordam bergan odam uçun alohida böladi.
3) Ruxsatsiz Makkaga kirib haj qilişga uringan şaxslar, xoh ular rezident bölsin, xoh vizasi tugagan şaxslar, öz mamlakatiga deportatsiya qilinadi va 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kiriş taqiqlanadi.
4) Ruxsatnomaga ega bölmaganlarni haj uçun Makka va muqaddas joylarga olib borgan quruqlikdagi transport vositalari sud orqali musodara qilinadi.