Özbekiston KXDRni mağlub etib, U-17 Osiyo kubogi finaliga çiqdi
18-04-2025, 00:48
299 марта

Özbekistonlik futbolçilar KXDR ustidan işonçli ğalaba qozonib, U-17 Osiyo kubogi finaliga yöl oldi. Yoşlar terma jamoasi turnir ğolibligi uçun guruh bosqiçida allaqaçon mağlub etilgan Saudiya Arabistoni bilan öynaydi
Saudiya Arabistonida bölib ötayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo kubogida (OFK U-17) Özbekiston terma jamoasi KXDR yoşlar terma jamoasini mağlub etib, finalga çiqdi. 19 aprelga ötar keçasi bölib ötgan yarim final uçraşuvi 3:0 hisobida yakunlandi.
Özbekiston terma jamoasi 29-daqiqada hisobni oçişi mumkin edi, ammo jamoa sardori Möminjon Bahodirxonov penaltini aniq amalga oşira olmadi, yarim himoyaçi Azizbek Erimbetov esa jarima maydonçasiga biroz erta yugurib kirdi va şu sabab uning qaytgan töpdan urgan goli hisobga olinmadi.
Ammo 31-daqiqada özbekistonliklar markazda töpni olib qöyib, tezkor hujumga ötdi va Sadriddin Hasanov çap qanotdan jarima maydonçasiga kirib, töğridan-töğri darvozaga zarba berdi — 1:0.

40-daqiqada Kang Myonbom qöpol öynagani uçun ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydondan çetlatildi va Şimoliy Koreya kamçilik bölib qoldi.62-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan Jamşidbek Rustamov jarima maydonçasi içida oşirib berilgan töpni çap burçakka yölladi — 2:0.
Oradan 3 daqiqa ötgaç, hisob yiriklaşdi. Sadriddin Hasanov raqibning xatosidan unumli foydalanib, töpni jarima maydonçasi içiga olib kirdi va darvozaga aniq zarba yöllagan Abubakir Şukurullayevga uzatma berdi — 3:0