1 maydan boşlab hujjatsiz migrantlar Rossiyadan çiqarib yuboriladi
26-04-2025, 15:41
149 марта
1 maydan boşlab hujjatsiz migrantlar Rossiyadan çiqarib yuboriladiMigratsiya agentligi Rossiyada patent olmagan fuqarolarimizni huquqiy maqomni tiklaş uçun kam vaqt qolgani haqida ogohlantirdi.
Xabarga köra, 2025 yil 30 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi 1126-son Farmoni bilan berilgan imkoniyatlar, huquqiy maqomga ega böliş uçun berilgan muddat tugaydi.
2025 yil 1 maydan boşlab, huquqiy maqomini tartibga solmagan şaxslarga nisbatan çiqarib yuboriş va kelajakda Rossiyaga kirişni taqiqlaş kabi çoralar qöllaniladi.
Rossiya hududida qonuniy qoliş huquqini beruvçi tegişli ruxsatnoma hujjatlarini oliş uçun Rossiya IIVning hududiy organlariga, Rossiya IIV FGUP «PVS» filiallariga yoki Moskva şahridagi GBU MMTs «Saxarovo»ga murojaat qiliş söraladi.
Avvalroq, 2025 yil 1 yanvardan 30 aprelgaça bölgan davrda "nazorat qilinadigan şaxslar" reyestriga kiritilgan migrantlar huquqiy maqomlarini hal qilişmasa, Rossiya hududidan çiqarib yuborilişi haqida xabar qilgan edik.