Toşkentda narkolaboratoriya taşkil etgan profilaktika inspektori uşlandi
14-10-2025, 10:14
190 марта

Toşkentda narkolaboratoriya taşkil etgan profilaktika inspektori uşlandi
Toşkentda profilaktika inspektori xizmat xonadonida narkolaboratoriya taşkil etgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdiQayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida Toşkent şahrida tezkor-qidiruv tadbiri ötkazilgan. Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Toşkent şahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektorining xizmat xonadoni közdan keçirilgan.
Natijada inspektor uşbu xonadonda narkolaboratoriya taşkil etgani aniqlanib, örami bilan jami 10 kg 500 gr “Alfa-PVP” va 4 gr “Spays” sintetik narkotiklari hamda giyohvand moddalarni tayyorlaşda foydalaniladigan 588 gr suyuqlik, asbob-uskunalar, elektron tarozi borligi malum bölgan va aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, profilaktika inspektorning Toşkent viloyati Toşkent tumanidagi doimiy yaşaş xonadoni tekşirilganida yerga kömib, yaşirib qöyilgan taxminiy oğirligi 430 gr bölgan “Alfa-PVP” narkotik moddasi borligi aniqlangan.
Malum bölişiça, içki işlar xodimi Telegram messenjeri orqali sintetik giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi profil egasi topşiriği asosida narkokurerlar tomonidan kontrabanda yöli bilan Özbekistonga olib kelingan moddalarni qabul qilib olib, yaşirin laboratoriya şaroitida giyohvand moddani tayyorlab, tarqatiş bilan şuğullangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 (Jinoyat iştirokçilarining turlari), 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi hamda 25 (Jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş),273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş)5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.