Endi bolalarga nisbatan internetdagi buzuq harakatlar oğir jinoyat sifatida baholanişi mumkin
21-12-2025, 09:39
174 марта
Endi bolalarga nisbatan internetdagi buzuq harakatlar oğir jinoyat sifatida baholanişi mumkin Özbekistonda bolalarga nisbatan internetdagi buzuq harakatlar oğir jinoyat sifatida baholanişi kutilmoqda. Bu haqda keça, 18 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida körib çiqilgan “Bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz boradi.
Qayd etilişiça, mamlakatda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişning institutsiyaviy hamda huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, bugungi kunda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuçaytiriş, ularni jinsiy zöravonlikdan himoya qiliş, jinoyat protsessida guvoh sifatida jalb etişning aniq mexanizmlarini belgilaş zarurati yuzaga kelmoqda.
Uşbu qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib, uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda.
Şuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvçini söroq qilişning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini hamda ularni söroq qiliş jarayonida qonuniy vakillarning iştirok etişi tartibini belgilovçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Senatorlarning fikriça, uşbu qonun jinoyatlarning oldini olişga, sodir etilgan jinoyatlar uçun jazoning muqarrarligini taminlaşga, şuningdek, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi. Muhokama yakunida senatorlar qonunni maqullagan.