Voyaga yetmaganlarga uyatsiz harakatlar qilganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi
15-09-2025, 22:38
371 марта

Voyaga yetmaganlarga uyatsiz harakatlar qilganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi
Özbekistonda 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internetdan foydalanib, uyatsiz harakatlar qilganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining yiğilişida malum qilindi.Yiğilişda “Bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Şuningdek, bolalarni turli zöravonliklardan himoya qilişga qaratilgan işlar amalga oşirilişiga qaramay, bu boradagi nomaqbul harakatlar kamaymayotgani aytildi.
Malumotlarga köra, 2025 yilning 8 oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş jinoyati 36 foizga ortgan.
Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksi va Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga voyaga yetmaganlar himoyasi yuzasidan qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Bundan taşqari, voyaga yetmaganlarni jabrlanuvçi yoki guvoh sifatida söroq qiliş muddatlari ham aniq belgilanmoqda. Yani, davomiyligi 1 kun etib belgilanyapti. Şu bilan birga, bu jarayonlarda ularga javobgar şaxslar ham birgalikda iştirok etişi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
“Qonun loyihasi voyaga yetmagan farzandlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilişda muhim örin tutadi”, degan fraktsiya azosi Sayyora Imomova.