USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz harakatlar qiliş jinoyati 36 foizga ortgan

108 марта
Özbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz harakatlar qiliş jinoyati 36 foizga ortgan

2025 yilning 8 oyida oiladagi (maişiy) zöravonlik jinoyati 3 foizga, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş jinoyati esa 36 foizga ortgan. Bu haqda 13 sentyabr kuni tazyiq va zöravonlikdan jabrlanganlarning huquqiy himoyasini taminlaşga oid konferentsiyada boş prokuror örinbosari Svetlana Artikova malum qildi.

«Jabrlanuvçining tanasi yoki könglidagi yarasi tuzaladimi? Yöq. Öşa qizça yoki bolaçaning qalbidagi çandiq umrining oxirigaça baribir qoladi. Jinoyatçiga nisbatan jazo muqarrarligi taminlanib, u ozodlikdan mahrum etildi va vaqt ötib, koloniyadan ozodlikka çiqdi. U şundan keyin şahvoniy xislatlaridan voz keçadimi yoki yöqmi? Mana, masala qayerda? Hamma gap oilada. 


Jinoyat sodir bölsa, mahalla yettiligi sotsiolog, psixolog, seksolog, kerak bölsa, seksopatologni jalb qilişi kerak. Ulamolardan iltimos qilib qolardikki, ularning maruzalarida [şu kabi jinoyatçilik holatlariga] alohida etibor berilsa, nur ustiga nur bölardi. Nima bölgan taqdirda ham, biz musulmon xalqimiz va ulamolarning gapiga, maruzalariga quloq solamiz. Qaniydi, ularni eşitganlarning 100 tadan heç yöq bittasi notöğri harakatidan qaytsa. 

Tört-beşta ekspertlar yiğilib, tahlil qiliş kerak. Ijtimoiy masala qayerda turibdi, [jinoyatçining] ruhiyati nimadan iborat? Balki u voyaga yetmagan bölsa yoki garmoni qaynayotgandir, özini idora qila olmayotgandir. Hammamiz ham insonmiz, bu yerda kap-katta odamlar ötiribdi. Masala köp va buni hal qilsa böladi. Mamlakatimizda bunday ekspertlar köp, ularni jalb qiliş vaqti keldi», — deydi boş prokuror örinbosari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: