Özbekistonda 6 mingdan ortiq şaxs şahvoniy şilqimlik va oiladagi zöravonlikda ayblanib, sudlandi
5-08-2025, 12:40
230 марта

Özbekistonda 6 mingdan ortiq şaxs şahvoniy şilqimlik va oiladagi zöravonlikda ayblanib, sudlandi
Özbekistonda 2025 yilning birinçi yarmida 4952 kişi oiladagi zöravonlikda ayblanib mamuriy javobgarlikka tortildi. Şuningdek, bu vaqt davomida 986 nafar şaxs şahvoniy şilqimlik qilişda, 99 nafar fuqaro esa şaxsning şanini va qadr-qimmatini kamsituvçi malumotlarni oşkor qilişda ayblangan.
Özbekistonda 2025 yilning birinçi yarmida 5 mingdan ortiq şaxs oiladagi zöravonlikda ayblanib, javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar bermoqda.
Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59−2-moddasi (Oiladagi (maişiy) zöravonlik) bilan 4952 kişi sudlandi, ularning 3200 nafariga jarima jazosi, 1752 nafariga esa mamuriy qamoq jazosi qöllanilgan.
Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi (Oiladagi (maişiy) zöravonlik) bilan 231 nafar şaxs sudlanib, ularning 65 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 166 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.
Şuningdek, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi (Şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan 986 nafar şaxs mamuriy javobgarlikka tortilib, ularning 358 nafariga jarima jazosi, 628 nafariga esa mamuriy qamoq jazosi qöllanildi.
Bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 141−3-moddasi (Şaxsning şanini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi malumotlarni oşkor qiliş)bilan 99 nafar şaxs sudlanib, ularning 24 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 75 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil 11 aprelda «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimini yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolangan edi. Unga muvofiq Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 41−1-modda (Şahvoniy şilqimlik qiliş), 59−2-modda (Oiladagi (maişiy) zöravonlik) va Jinoyat kodeksi 126−1-modda (Oiladagi (maişiy) zöravonlik), 141−3-modda (Şaxsning şanini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi malumotlarni oşkor qiliş) bilan töldirilgandi.