Moskvadan Toşkentga uçgan erkak samolyotda yölovçi ayolga şilqimlik qildi
23-07-2025, 11:57
657 марта

Moskvadan Toşkentga uçgan erkak samolyotda yölovçi ayolga şilqimlik qildi
Joriy yilning 21 iyul kuni Moskva-Toşkent yönalişidagi aviareysda mast holatda ayol yölovçiga nisbatan şahvoniy xatti-harakatlar sodir qilgan fuqaro 3 sutkaga qamaldi.Hujjatda qayd etilişiça, 1985 yilda Qirğizistonda tuğilgan, Özbekiston fuqarosi bölgan erkak reys davomida yölovçi ayolga bir neça bor teginib, nomaqbul harakatlar qilgan. Ayol unga ogohlantiriş bergan, ammo erkak şunga qaramay öz harakatlarini davom ettirgan.
Erkakning harakatlariga samolyot styuardessasi guvoh bölgan.
Sudlanuvçi qilgan işidan puşaymonligini bildirgan va mast holatda bölgani sababli özini tutolmaganini aytgan.
Sud erkakning ijtimoiy holatini inobatga olib, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 411-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismi bilan 3 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlagan. Şu bilan birga, erkak qamoqda saqlaş xarajatlaridan ozod etilgan.