Ukrainada 11 kişini öldirişda aybdor deb topilgan Özbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi.
2-05-2025, 17:04
1 039 марта
Ukrainada 11 kişini öldirişda aybdor deb topilgan Özbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi.Kiyevda 38 yoşli özbekistonlik qasddan odam öldiriş va bosqinçilik hujumlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan. U 6 yil içida sakkiz nafar Ukraina fuqarosi, özbekistonlik, litvalik va gruziyalikni öldirilgan
Qurbonlar orasida 35 yoşdan 81 yoşgaça bölgan erkaklar va ayollar bor. Qotil ularning işonçiga kirib, muloqot qilgan, keyin esa böğib yoki toşböron qilib, mol-mulkini öğirlagan, deyiladi xabarda.
Qölga oliş tafsilotlari
Özbekiston fuqarosi 2018—2024-yillar oraliğida uç nafar ayol va 8 nafar erkakning ölimiga sabab bölgan. Uning yana bir kişini öldirişga urinişi muvaffaqiyatsiz tugagan.
Uning qurbonlari asosan doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan odamlar bölib, erkak ular bilan tanişib, spirtli içimliklar istemol qilib, keyin öldirgan. Ularning jasadlari topilgan, ammo ölim holatlari va sabablarini aniqlaş juda qiyin, deydi prokuratura.
Özbekistonlik 2024-yil yanvar oyida Goloseyev tumanida gul sotuvçisini öldirganidan keyin qölga olingan. U dökonga kirib, sotuvçiga 30 ga yaqin piçoq bilan zarba bergan.Şundan söng ayolning tilla taqinçoqlarini olib, qoçib ketgan. Qölga olinganidan söng, xorijlik aybiga iqror bölgan va boşqa jinoyatlari haqida gapirgan.
Erkak özining har bir qurboni haqida malumot bergan. Sud prokurorlarning dalillarini inobatga olib, unga maksimal jazo tayinlagan.
Jinoyat haqida nimalar malum?
Özbekiston fuqarosi 2018-yilda Xarkovdagi bozorlardan birida işlagan, u yerda tanişini bolta bilan öldirib, boşi va tanasiga 30 dan ortiq zarba bergan. U bolta, hujjatlar va telefonni peçga taşlab, marhumning pullarini özlaştirgan. Şundan söng özbekistonlik erkak Kiyevga jönab ketgan.
2019-yil avgust oyida u “Demeyevskaya” metro bekati yaqinida avvaldan taniş bölgan uysiz odam bilan içimlik içgan. Söngra uni qöl va oyoqlari bilan urib, boşiga 8 marta toş bilan zarba bergan.
Öşa yilning sentyabr oyi boşida u doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan eski tanişini yerda uxlab yotganini körgan. Bir kun oldin ular örtasida oğzaki janjal bölgani sababli, mahkum yaqin atrofdan beton bölagini topib, erkakning boşiga urgan. U olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.2020-yil yanvar oyida Obolon tumanidagi uyning yertölasida uç erkak — ota va uning öğillari bilan spirtli içimlik içganidan söng, mahkum hammani uxlab yotganida şim kamari bilan navbatma-navbat böğib öldirgan.

2021-yil iyun oyi oxirida Svyatoşinskiy tumanida mahkum farroşga yaqinlaşib, boşiga zarba bergan. Erkak huşini yöqotgan, mahkum uni öldirmoqçi bölgan, biroq yonida odamlarni körgan, şuning uçun pulni öğirlab, şahardan qoçib ketgan.2023-yil iyun oyida özbekistonlik “Babiy Yar darasi hududida tanişib, birgalikda spirtli içimlik istemol qilgandan söng ayolni qöli bilan böğib öldirgan.
2023-yil iyul oyi boşida “Poçayna” metro bekati yaqinida erkak öz vatandoşi bilan tanişgan. Ular tanişuvni nişonlaşga borişgan, keyin mahkum jabrlanuvçi uxlayotgan çoyşabning bir bölagini olib, qotillik öz joniga qasd qilişdek körinişi uçun undan sirtmoq yasagan.
Bir neça kun ötgaç, Obolon tumanida u keyingi yönaliş böyiça yordam söragan ayolni böğib öldirgan.
2023-yil iyul oyi örtalarida Petropavlovskaya Borşçagovkada mahkum supermarketda keksa erkak bilan tanişgan, uni taşlandiq bino oldiga olib borib, jinsi mato bilan böğib öldirgan. Şundan söng marhumning jasadini çiqindi bilan kömib taşlagan