Dubayda 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olingan
25-04-2025, 18:08
729 марта
Dubayda 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olinganTaşqi işlar vazirligi Dubay şahrida 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olinganini malum qildi.
Dubay şahrida Özbekiston fuqarolari örtasida piçoqbozlik bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Vazirlik Dubay jinoyat qidiruv boşqarmasi rahbariyati bilan uçraşgan.
Şuningdek, BAA tomoni qonunbuzarlik holati böyiça tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar özbekistonlik qölga olinganini malum qilgan.
Sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani ikki davlat örtasidagi vizasiz tartibga tasir körsatişi mumkinligi takidlandi.
Taşqi işlar vazirligi mazkur holat yuzasidan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda iş olib borayotganini bildirdi.