Rossiyada ikki özbekistonlik politsiya qiyofasida kurerdan pul undirdi
24-04-2025, 15:00
468 марта
Rossiyada ikki özbekistonlik politsiya qiyofasida kurerdan pul undirdi Rossiyaning Sankt Peterburg şahrida politsiyaçilar niqobi ostida kurerdan pul undirgan ikki özbekistonlik qölga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Malum qilinişiça, jabrlanuvçi ham Özbekiston fuqarosi hisoblanadi. Kurer bölib işlovçi özbekistonlik 21-aprel kuni politsiyaga murojaat qilgan. U 11-aprel kuni keçqurun ikki nomalum şaxs özlarini politsiya xodimlari deb taniştirib, unga töpponça öqtalganini aytgan. Şundan söng kurerga giyohvand moddalarni saqlaş böyiça jinoiy iş oçiş bilan tahdid qilişgan. Özbekistonlik kurer ularga 100 ming rubl (taxminan 15,5 million söm) bergan.