2024 yilda 900 nafardan ortiq şaxs YTHlar keltirib çiqargani uçun qamalgan
25-04-2025, 21:55
236 марта

2024 yilda 900 nafardan ortiq şaxs YTHlar keltirib çiqargani uçun qamalgan
2024 yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan 3 321 nafar şaxs sudlangan.Oliy sud matbuot xizmati bergan malumotiga köra, ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.
Joriy yilning I-çoragi mobaynida esa uşbu modda bilan 891 nafar şaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.
Malumot uçun, transport vositasini boşqaruvçi şaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş (266-modda 1-qismi) badanga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilişiga sabab bölsa, uç yilgaça muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Öşa qilmiş odam ölişiga sabab bölsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuningdek, öşa qilmiş odamlar ölimiga, halokatga va yoki boşqa oğir oqibatlarga sabab bölsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.