Endi 18 ga yoşgaça sodir etilgan jinoyat uçun sudlanmagan deb hisoblanadi
2-08-2025, 11:09
307 марта
Endi 18 ga yoşgaça sodir etilgan jinoyat uçun sudlanmagan deb hisoblanadiÖn sakkiz yoşga tölguniga qadar sodir etgan öta oğir bölmagan jinoyati uçun jazoni ötab bölgan şaxs sudlanmagan deb hisoblanişi belgilanmoqda. Bu haqda qonun senatning 9-yalpi majlisida muhokama qilinib, senatorlar tomonidan maqullandi.
Şuningdek, qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni çeklaşning hamda ozodlikdan mahrum qilişning eng kam muddati olti oydan bir oygaça qisqartirilişi nazarda tutilmoqda.
Senatorlarning fikriça, uşbu qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallaştirişga xizmat qiladi va ön sakkiz yoşga tölguniga qadar sodir etgan jinoyati uçun jazoni ötab bölgan şaxsga hayotini sudlanganlik tamğasidan xoli tarzda davom ettirişi uçun şaroit yaratadi.
Statistik raqamlarga köra, mamlakatimizda 2023 yilda 1 911 nafar, 2024 yilda 2214 nafar voyaga yetmagan şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan. Ötgan yilda ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar 1 238 ta, unça oğir bölmagan jinoyatlar soni esa 855 tani taşkil qilgan.