USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Banklar omonat va P2P ötkazmalar malumotlarini soliq organlariga berişi mumkin

160 марта
Банклар омонат ва P2P ўтказмалар маълумотларини солиқ органларига бериши мумкин
Özbekiston hukumati banklar tomonidan yuridik va jismoniy şaxslarning hisobvaraqlari hamda omonatlariga oid malumotlarni soliq organlariga taqdim etiş tartibini tasdiqlaşni nazarda tutuvçi qaror loyihasini işlab çiqdi. Qaror keça, 23 iyun kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.

Hujjatga köra, banklar yuridik va jismoniy şaxslarning hisobvaraqlari haqidagi malumotlarni soliq organlariga elektron şaklda taqdim etadi. Şuningdek, soliq qonunçiligiga rioya etilişini nazorat qiliş maqsadida soliq organlarining söroviga asosan qöşimça malumotlar ham beriladi.

Yangi tartibga muvofiq, jismoniy şaxsning bank kartasiga bir kalendar oy davomida boşqa jismoniy şaxslarning (yaqin qarindoşlar bundan mustasno) bank kartalari yoki elektron hamyonlaridan bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravariga teng yoki undan ortiq mablağ kelib tuşsa, bu haqda soliq organlariga axborot yuboriladi.

Bundan taşqari, jismoniy şaxslar tomonidan çet el yuridik şaxslariga ötkazilgan mablağlar haqidagi malumotlar ham soliq organlariga taqdim etiladi. Bunda mablağ yuboruvçilarning şaxsiy malumotlari körsatilmaydi.

Qaror loyihasiga köra, Soliq qömitasi va Markaziy bank ikki oy içida avtomatlaştirilgan “Bank-soliq” axborot almaşinuvi maxsus modulini işlab çiqib, texnologik yöriqnomani tasdiqlaydi. Tört oy muddatda esa banklarning axborot tizimlari mazkur modul orqali soliq organlarining tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Banklarning soliq nazorati bilan boğliq majburiyatlarini bajariş va soliq organiga öz vaqtida axborot taqdim etişga asos qilib Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Prezidentning 2025 yil 10 dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş va yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 246-son va 2026 yil 19 maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillaştiriş va soliq mamuriyatçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 95-son Farmonlari keltirilgan.

Qayd etilişiça, hujjatning asosiy maqsadi naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda bank va soliq organlari örtasidagi axborot almaşinuvini raqamlaştirişdan iborat.

Qaror muhokamasi 8 iyul sanasigaça davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Soliq qömitasi Özbekistonda fuqarolarning, ayniqsa yuridik şaxslarning plastik kartalaridagi aylanmalari – P2P orqali amalga oşiriladigan pul ötkazmalari yanada qattiq nazorat qilinişini xabar qilgandi.

Изоҳ қолдириш

    • Кудрат 24 Iyun 2026 13:56
      Бунда банкдаки фукораларни койган пулларини сир соклаш конуни догри галами?
    • Кудрат 24 Iyun 2026 13:57
      Бунда банкдаки фукораларни койган пулларини сир соклаш конуни догри галами?

Мавзуга алоқадор: