USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Korruptsiyaga qarşi nazorat tuzilmalariga yangi vakolatlar berildi

195 марта
Коррупцияга қарши назорат тузилмаларига янги ваколатлар берилди

Özbekistonda komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalarining vakolatlari kengaytirilmoqda. Bu haqda keça, 22 iyun kuni qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taminlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi 1155-sonli qonunida söz boradi.

Mazkur qonun bilan Özbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi 419-sonli qonuniga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

Hujjatga köra, komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalariga quyidagi qöşimça vazifalar yuklatildi:

  • korruptsiyaga qarşi kuraşiş vazifasini amalga oşiruvçi, byudjet mablağlari aylanmasini nazorat qiluvçi bölinmalar hamda şaxsiy xavfsizlik bölinmalarining faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • korruptsiya holatlari hamda ularning oldini oliş yuzasidan belgilangan tartibda tekşiruvlar ötkazilişini va qatiy javobgarlik çoralari körilişini taşkil etiş;
  • davlat organlari va taşkilotlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olişga qaratilgan samarali mexanizmlar hamda nazorat tizimlarining joriy etilişini taminlaş.

Bundan taşqari, komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalarga qöşimça huquqlar berilib, tekşiruv hamda ijro faoliyati kengaytirildi.

Unga köra, endi tegişli nazorat tuzilmalari korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekşiruv va tergov organlari bilan hamkorlik qilişi hamda ularni belgilangan tartibda jalb etişi mumkin. Şuningdek, ularga korruptsiyaviy omillarni aniqlaş, ularning oldini oliş va korruptsiya holatlariga çek qöyiş maqsadida şaxslarning xatti-harakatlarini, hodisalarni hamda jarayonlarni bevosita yoki bilvosita kuzatiş va qayd etiş vakolati berildi.

Bunga qöşimça tarzda, komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat organlari endi öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun davlat organlaridan va boşqa taşkilotlardan, fuqarolardan malumotlar, zarur hujjatlar hamda materiallarni söraşi va olişi mumkin. Bunda vakolatini amalga oşiriş doirasida zarurat tuğilganda tegişli hujjat va materiallar bilan tanişiş maqsadida davlat organi va taşkilotining obektlariga tösqinliksiz kiriş huquqi beriladi.

Qonunga muvofiq, endi tegişli tuzilmalar davlat organi va taşkiloti tizimida qonun buzilişi holatlarining oldini oliş yuzasidan körib çiqilişi majburiy bölgan körsatmalar hamda ularni bartaraf etiş böyiça taqdimnomalar kirita oladi.

Şuningdek, yangi qonun bilan komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyatini Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati muvofiqlaştirib borişi belgilandi.

Eslatib ötamiz, mazkur qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining malum moddalariga ham köşimça va özgartirişlar kiritilgandi. Unga köra, edi Özbekistonda korruptsion jinoyatda ayblangan, xususan özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş bilan jazoga hukm qilinganlar yetkazilgan zararning örnini töliq qoplamagunigaça jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinmasligi belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: