Şavkat Mirziyoyev Töqayev bilan telefonda gaplaşdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev 24 iyun kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Özbekiston – Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş muhim ekanini takidladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qişloq va suv xöjaligi sohalarida yuqori surat bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Barça darajadagi faol almaşinuvlar alohida etirof qilingan. Yetakçilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari örtasida erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş hamda şeriklik kun tartibini yangi loyiha va taşabbuslar bilan boyitişga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yölga qöyilganini olqişlagan.
Özbekiston va Qozoğiston yetakçilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşib, bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini körib çiqqan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozoğistonga taşrifi doirasida Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bilan uçraşuv ötkazgandi va Prezident Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomi hamda ezgu tilaklarini yetkazgandi.