“Andijon polkasi” Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
Bugun, 24 iyun kuni 20 ming nafar iştirokçi “Andijon polkasi”ga raqsga tuşib Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, viloyat markazida 20 ming nafar iştirokçini birlaştirgan “Andijon polkasi” ommaviy raqs fleşmobi taşkil etilgan.
“Uşbu keng kölamli taşabbusdan közlangan asosiy maqsad – özbek milliy raqs sanatini jahon miqiyosida keng tarğib qiliş hamda uşbu körsatkiç bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirişdan iborat. Mazkur mahobatli tadbir Andijon şahrining 2026 yilda “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb elon qilinişi doirasida ötkazildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, şu munosabat bilan şahar markaziy maydoni va unga tutaş hududlar ananaviy milliy kuy-navolar, rang-barang jozidor liboslar hamda maxsus sahnalaştirilgan madaniy çiqişlar bilan bayramona tus olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgandi.