USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yerdagi eng keksa jonivorning yoşi malum böldi

219 марта
Ердаги энг кекса жониворнинг ёши маълум бўлди

Jonatan ismli 194 yoşli toşbaqa rasman Ginnesning rekordlar kitobi timsoli deb tan olindi. Sayyoraning eng keksa jonivori Napoleonning sönggi surgun qilingan joyi – Sent-Yelena orolidan topildi. Bu haqda orol mamuriyati xabar berdi.

“Dunyodagi eng keksa malum quruqlik jonivori va orolning barçaga sevimli mahalliy turğuni bölgan Jonatan rasman Ginnesning rekordlar kitobi timsoli deb etirof etildi”, deyiladi xabarda.

Orol hukumati matbuot xizmatining malum qilişiça, Jonatan yoşi ança uluğ bölişiga qaramay, ommaviy tadbirlarda iştirok etişda davom etmoqda. 

Uning rasman rekordlar kitobiga kiritilganiga orol gubernatori Nayjel Fillips munosabat bildirgan.

“Köplab avlodlar davomida u orolning özligiga va jamoaviy xotirasiga çuqur ildiz otgan mahalliy timsol hisoblanib kelgan. Global miqyosdagi etirof esa jamiyatimiz ançadan beri biladigan haqiqatni aks ettiradi: Jonatan nafaqat öz yoşi bilan hayratlanarli jonzot, balki Sent-Yelena oroli va uning xalqi uçun haqiqatan ham öziga xos noyob hodisadir”, deydi u.

Uşbu ulkan toşbaqa “Aldabra gigant toşbaqasi” turiga mansub bölib, uşbu tur vakillari odatda 150 yilgaça umr köradi. Jonatan 1832 yilda tuğilgan, 1882 yilda esa Seyşel orollaridan Sent-Yelena oroliga köçirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyaning Sulavesi orolida topilgan törsimon piton Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun ilon sifatida kiritilgandi. Ilonning uzunligi 7,22 metrni taşkil etadi. Uning vazni esa 96,5 kilogrammga teng. Mutaxassislarning aytişiça, ilonning uzunligi taxminan 7,9 metrga ham yetişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: