Makkadagi muzeyda dunyodagi eng yirik Quron namoyişga qöyildi
5-02-2026, 14:54
88 марта

Makkadagi muzeyda dunyodagi eng yirik Quron namoyişga qöyildi
Saudiya Arabistonining Makka şahridagi muzeyda dunyodagi eng katta Quron nusxasi namoyişga qöyildi. Bu haqda Arab News xabar berdi.Muqaddas kitob Hira madaniy hududida joylaşgan Muqaddas Quron muzeyida namoyiş etilmoqda. Qölyozmaning balandligi 312 santimetr, eni esa 220 santimetrni taşkil etadi. U 700 sahifadan iborat bölib, dunyodagi eng katta Quron bölgani uçun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Mazkur qölyozma XVI asrga oid tarixiy Quron nusxasining kattalaştirilgan nusxasi hisoblanadi. Asl nusxa 45 × 30 santimetr ölçamda bölib, undagi suralarning aksariyati suls xatida, “Fotiha” surasi esa nasx xatida bitilgan. Bu öşa davrning nafis badiiy didi va xattotlik rang-barangligini aks ettirgan.
Qölyozma 1883-yilda vaqf qilingan. Uning asl nusxasi hozirda Qirol Abdulaziz vaqf kutubxonalari majmuasida saqlanmoqda, u asrlar davomida musulmonlarning Quronga bölgan çuqur ehtiromi va islom sanatining boy merosini aks ettiruvçi bebaho dalil sifatida etirof etiladi.