Nyu York tarixida ilk bor yangi mer Quron bilan qasam içadi
1-01-2026, 12:46
204 марта

Nyu York tarixida ilk bor yangi mer Quron bilan qasam içadi
Mamdanidan oldingi merlarning aksariyati Injil bilan qasamyod qilgan. AQŞ federal qonunlari, ştat va şahar konstitutsiyalariga sodiqlik qasamyodi uçun diniy kitobdan foydalaniş majburiy emas. Saylov kampaniyasi davomida Mamdani asosan yaşaş xarajatlari yuqoriligi masalasiga etibor qaratgan bölsa-da, u özining musulmon etiqodini ham oçiq namoyon etib kelgan. Jumladan, u beşta tumandagi masjidlarga tez-tez taşrif buyurib, ilk bor ovoz berayotgan janubiy osiyolik va musulmon saylovçilarni ham öz atrofida birlaştira oldi.
Mamdani foydalanadigan uçta Quron haqida
Metro bekatida bölib ötadigan qasamyod marosimida Mamdani qölini ikkita Quron ustiga qöyadi: biri bobosiga tegişli Quron, ikkinçisi esa XVIII asr oxiri yoki XIX asr boşlariga oid, çöntak hajmidagi Quron böladi. U Nyu York jamoat kutubxonasining Şomburg qora tanlilar madaniyatini örganiş markazidagi töplamning bir qismidir.

“Quronning uşbu nusxasi şahar musulmonlarining xilma-xilligi va qamrovini anglatadi. Bu Quronning hajmi kiçik, ammo u Nyu York tarixidagi etiqod va öziga xoslik elementlarini birlaştirib turadi”, dedi kutubxonaning Yaqin Şarq va Islom tadqiqotlari böyiça kuratori Hiba Abid.2025-yilning birinçi kuni City Hall binosida bölib ötadigan keyingi rasmiy marosimda esa Mamdani bobosi va buvisiga tegişli Quronlardan foydalanadi.
Qölyozma puerto rikolik qora tanli tarixçi Arturo Şomburgga tegişli. U Quronni qanday qölga kiritgani nomalum. Biroq olimlarning fikriça, bu uning AQŞ va butun Afrikadagi Islom hamda qora tanlilar madaniyatlari örtasidagi tarixiy munosabatlarga bölgan qiziqişini aks ettirgan.