Dunyodagi eng yirik suv ombori Yerning aylanişini sekinlaştirdi
4-05-2025, 01:03
402 марта

Xitoyning Yantszi daryosida qurilgan dunyodagi eng yirik GES – “Uç dara” töğoni Yerning aylanişini sekinlaştirdi va kunning uzunligini oşirdi. Bu haqda Britaniyaning LADbible naşriyot uyi sayti NASA'ning yirik tadqiqot laboratoriyasi bölmiş Goddard kosmik parvozlar markazidan doktor Benjamin Fong Çaoning tadqiqotiga tayanib xabar berdi.
Olimning sözlariga köra, 2012 yilda barpo etilgan töğon suv omborida töplangan juda köp suv Yer massasining taqsimlanişini özgartirib, kun uzunligining 0,06 m/s ga oşişiga va sayyora öqining taxminan 2 santimetrga siljişiga sabab bölgan.
LADbible malumotlariga köra, Xitoydagi “Uç dara” töğonining uzunligi 2335 m va balandligi 185 metr. U taxminan 40 kubometrni taşkil qiladi. U işlab çiqarilgan energiya hajmi böyiça dunyodagi eng yirik GES hisoblanadi. “Uç dara”dagi suv dengiz sathidan 175 metr balandlikda saqlanadi.
“Uç dara” töğoni 22,5 ming MVt quvvatga ega bölib, 15 ta yadro reaktorining energiyasiga teng energiya işlab çiqaradi.
“Nature” jurnalida çop etilgan tadqiqotga köra, Yerning içki yadrosi öz aylanişini asta-sekin sekinlaştirmoqda va olimlarning fikriça, 2040 yilga borib butunlay töxtab qolişi mumkin.