NATO Rossiya biqinida harbiy maşğulot boşladi
3-05-2025, 14:57
296 марта

NATO Rossiya biqinida harbiy maşğulot boşladi
Bugun, 3 maydan 23 maygaça Litvada NATOning “Griffin Lightning 2025” nomli xalqaro harbiy maşğulotlari bölib ötadi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Rasmiy bayonotga köra, eng közga körinadigan bosqiç bugun, 3 may kunidan boşlanadi – Germaniyaga tegişli harbiy vertolyotlar Litva havo hududida, kunning yoruğ va qoronği paytlarida past balandlikda parvoz qiladi. Mazkur maşğulotlar uçun Germaniya harbiy aviatsiyasi Litvaga köçirilmoqda.
Maşğulotlarda iştirok etiş uçun Litvaga taxminan 30 ta Germaniya harbiy vertolyoti yuboriladi. Ular – TIGER jangovar vertolyotlari, NH90 transport vertolyotlari, Ç-53 oğir transport vertolyotlari hamda EC135 yengil köp maqsadli vertolyotlari.
Ular Litvaning katta qismini, şu jumladan, çegaraga yaqin hududlarni ham qamrab olgan holda uçadi. Ayrim parvozlar juda past balandlikda – taxminan 150 metrda amalga oşiriladi.
Malumot uçun, “Griffin Lightning 2025” maşğulotlari NATOning “Şimoli-Şarqiy Köp Millatli Korpusi” (Multinational Corps Northeast) tomonidan taşkil etilgan bölib, uning asosiy bosqiçlari Litva, Latviya, Polşa va Estoniya hududlarida ötadi. Maşğulotlarning maqsadi NATOning mintaqadagi mudofaa rejalarini amaliyotda sinovdan ötkaziş hisoblanadi.