Rossiya Yevropa bilan çegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
29-04-2025, 00:06
124 марта

Gazeta ikki harbiy qismning suniy yöldoşdan olingan suratlarini elon qildi – Finlandiya bilan çegaradagi Leningrad oblastining Viborg rayonidagi Kamenka va Norvegiya bilan çegaradagi Murmansk oblastining Peçeneg rayonidagi Sputnik posyolkasida. Tasvirlarga qaralsa, Kamenkadagi harbiy qismda harbiylar uçun yangi turar joylar paydo böldi, deb xabar berdi Finlandiyaning Black Bird Group tadqiqot taşkiloti. Sputnikdagi qismda harbiy texnika uçun omborlar kengaytirildi, deb yozadi naşr.
The Wall Street Journal naşri yozişiça, Rossiya Kareliyadagi Petrozavodsk hududida yangi kazarma va poligonlar qurmoqçi, arsenallar va temiryöllarni modernizatsiya qilmoqçi, u yerda ön minglab harbiylarni boşqariş uçun yangi armiya ştabini taşkil etiş rejalaştirilgan. Black Bird Group taşkiloti OSINT-tahlilçisi Emil Kastexelmining malum qilişiça, Rossiya harbiylar uçun omborxonalar va turar joylar qurmoqda.
Yangi temiryöllar Finlandiya va Norvegiya bilan çegaralar böylab, şuningdek, janubda Peterburgdan Estoniya çegarasigaça yotqizilgan. Mavjud temiryöl liniyalari kengaytirilmoqda. «Rossiya-Finlandiya çegarasida mexanizatsiyalaşgan qöşinlar bilan çegarani kesib ötiş mumkin bölgan önlab punktlar mavjud. Agar ular yangi temiryöl stantsiyalarini qurayotganini yoki eskilarini tamirlayotganini körsangiz, bunga etibor qaratiş kerak», – dedi Helsinkidagi Milliy mudofaa universiteti professori, Rossiya qurolli kuçlari böyiça ekspert Yuxa Kukkola WSJ bilan suhbatda.
RF prezidenti Vladimir Putin 2024 yilda Rossiya armiyasi harbiylari sonini bir yarim million kişiga yetkazişga körsatma bergandi (taqqoslaş uçun: Ukrainaga keng kölamli bosqinga qadar, qöşinlar soni taxminan bir million kişini taşkil etardi). Hozir Ukrainada xizmat qilayotgan köplab yangi askarlar NATO bilan töqnaşuvga tayyorlanayotgan Rossiya armiyasining asosi bölişi kerak, deydi Ğarb harbiylari va razvedkaçilari. Naşrning takidlaşiça, yangi harbiylarning aksariyati Finlandiya, Latviya va Estoniya bilan çegaradoş Leningrad harbiy okrugiga köçiriladi. Ğarb harbiylari va razvedkaçilari malumotlariga köra, kiçik brigadalar deyarli uç baravar köpayib, 10 ming kişilik diviziyaga aylanadi.
Rossiyadagi harbiy ekspertlar Finlandiya çegarasidagi faollikni Kremlning NATO bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarligining bir qismi sifatida tavsiflamoqda, deya takidlaydi naşr. «Qöşinlar [Ukrainadan] qaytganida,
[Finlandiya bilan] çegara ortida özlari duşman deb hisoblagan davlat böladi. Sönggi ön yillik mantiği şuni körsatadiki, biz NATO bilan ziddiyatga tayyor turamiz», – dedi naşrga hukumat taraf bölgan rossiyalik harbiy ekspert, Strategiya va texnologiyalarni tahlil qiliş markazi direktori Ruslan Puxov.
Yevropa razvedkasining anonim qolişni söragan xodimi WSJ bilan suhbatda aytişiça, Rossiya alyans azosi bölgan kiçik davlatga, masalan, köplab ruslar yaşovçi Estoniyaga hujum qiliş orqali NATOning birdamligini sinab körişi mumkin. Karnegi fondining Rossiya va Yevrosiyo dasturi böyiça katta ilmiy xodimi Maykl Kofman Rossiya «tez fursat» içida «Boltiqböyi mamlakatiga qarşi çeklangan amaliyot» ötkazişi mumkin. Uning fikriça, Boltiqböyi mamlakatlari rasmiylari «[Rossiya-Ukraina] uruşi tugaganidan keyingi ikki-uç yillik muddatda hujum böliş imkoniyatini hisobga olmoqda». «Agar gap NATO bilan keng kölamli uruş haqida boradigan bölsa, unda muddat stsenariyga qarab yetti yildan ön yilgaça bölişi mumkin», – deydi Kofman.
Daniya razvedkasi fevral oyida hisobot elon qilib, agar Rossiya NATO zaiflaşgan va tarqoq deb hisoblasa yoki AQŞ Yevropaga yordam bermaydi, degan qarorga kelsa, beş yil içida Yevropada keng kölamli uruş boşlaşi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Ğarb harbiy mulozimlarining WSJ naşriga aytişiça, Ukrainada öt oçişni töxtatiş Rossiya harbiylariga yanada tezroq tayyorgarlik köriş imkonini beradi.
The Wall Street Journal takidlaganidek, bu yil Rossiya harbiy xarajatlarni yalpi içki mahsulotning 6 foizidan köproğiga oşirdi, uruş boşlanişidan oldingi miqdor 3,6 foiz edi (taqqoslaş uçun: AQŞ 2024 yilda yalpi içki mahsulotining 3,4 foizini, Yevropa Ittifoqi davlatlari esa örtaça 2,1 foizini qurollanişga sarflagan).
Sönggi yillarda Rossiya T-90M jangovar tanklarini işlab çiqarişni köpaytirdi: agar 2021 yilda Ğarb razvedkasi malumotlariga köra, Rossiya yiliga 40 ga yaqin maşina işlab çiqargan bölsa, hozirda – deyarli 300 ta. Finlandiyaning yuqori martabali harbiy amaldori takidlaşiça, yangi tanklar Ukrainadagi front çiziğiga deyarli yuborilmaydi – ular Rossiya hududida qoldiriladi. 2025 yilda Rossiya artilleriya qurollari va öq-dorilar işlab çiqarişni taxminan 20 foizga oşirişi kutilmoqda. Yangi qurollarning katta qismini NATO bilan çegara böylab joylaştiriladigan bölinmalar oladi. Naşr hozirda Ukrainaga sovet davridagi eski va tamirlangan qurollar yuborilayotganini takidlagan.
NATOning Yevropadagi birlaşgan kuçlari qömondoni general Kristofer Kavoli aprel oyida AQŞ Senatida sözlagan nutqida Rossiya qurolli kuçlari «aksariyat tahlilçilar taxmin qilganidan tezroq tiklanayotgani va ösayotgani»ni aytdi. «Aslida, harbiy harakatlarning asosiy oğirligini öz zimmasiga olgan Rossiya armiyasi bugungi kunda uruş boşidagiga qaraganda kattaroq», – dedi u.
Sönggi oylarda Rossiya mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolayotgan rossiyaliklar soni oşdi. AQŞ hisob-kitoblariga köra, har oy 30 mingga yaqin kişi şartnoma imzolaydi, 2024 yil yozida esa bu miqdor oyiga 25 ming kişini taşkil etgan. Şarqiy Yevropa maxsus xizmatlarining bazi xodimlari har oyda şartnoma imzolayotganlar soni 40 mingga yetayotganini aytadi.