USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Boş ştabi Kursk oblasti töla ozod etilgani haqida hisobot berdi

157 марта
Rossiya Boş ştabi Kursk oblasti töla ozod etilgani haqida hisobot berdi

Va ilk marta yordam uçun KXDR harbiylariga minnatdorçilik bildirildi.
Sergey Bobilev / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
RF mudofaa vazirligi Kursk oblasti bu yerga 2024 yilda bostirib kirgan Ukraina qurolli kuçlari bölinmalaridan uzil-kesil ozod etilganini elon qildi.
RF qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov 26 aprel kuni rossiyalik harbiylar regionda ukrainlar nazoratida bölib turgan sönggi aholi yaşaş manzili – Gornal qişloği ozod etilganini malum qildi.
«Kursk oblastiga bostirib kirgan Ukraina qurolli kuçlari qurolli tuzilmalarini tor-mor etiş jarayoni yakunlandi. Kiyev rejimining strategik platsdarm yaratiş va Donbassdagi hujumimizni barbod qiliş rejalari barbod böldi», – dedi Gerasimov Vladimir Putin oldida maruza qilarkan.
U Kursk oblastidagi janglar davomida Ukraina qurolli kuçlari halok bölganlar va yaralanganlar qöşib hisoblanganda 76 mingdan ortiq harbiy yöqotganini iddao qilgan.
Region ozod etilgandan söng, Rossiya harbiylari «Ukrainaning Sumi oblastining çegara hududlarida xavfsizlik zonasi» yaratişda davom etmoqda, deya qöşimça qildi Gerasimov. Boş ştab boşliğining sözlariga köra, hozirgaça Rossiya armiyasi Sumi oblastining umumiy maydoni 90 kvadrat kilometrdan ortiq bölgan törtta aholi yaşaş punktini nazorat ostiga olgan.
Rossiya prezidenti, öz navbatida, Kursk oblastidagi operatsiya «frontning boşqa muhim uçastkalarida ham qöşinlarning keyingi muvaffaqiyatli harakatlari uçun şaroit yaratişi, neonatsist rejimi mağlubiyatini yaqinlaştirişi»ni takidladi.
Gerasimov rossiyaliklarga körsatgan yordami va KXDR harbiy xizmatçilarining janglardagi iştiroki uçun alohida minnatdorçilik bildirdi. Bu bilan Rossiya birinçi marta Kursk oblastida Şimoliy Koreya askarlari ham jang qilayotganini rasman tan oldi.
Xorijiy davlatlar razvedkasi malumotlariga köra, KXDR Ukrainaga qarşi uruşda yordam körsatişi uçun Rossiyaga 11 ming harbiy xizmatçisini yuborgan, şundan tört ming atrofidagi harbiy öldirilgan yoki yaralangan.
Gerasimovning nutqidan köp ötmay, Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi javob bayonotini elon qildi. Unda idora Rossiya qöşinlari Ukraina harbiylarini Kursk oblasti hududidan butunlay çiqarib yuborgani rad etilgan.
«Ukraina mudofaa kuçlari Kurskning ayrim hududlarida mudofaa operatsiyasini davom ettirmoqda. Operativ vaziyat murakkab, ammo bölinmalarimiz malum pozitsiyalarni uşlab turişda davom etmoqda va belgilangan vazifalarni bajarmoqda, şu bilan birga duşmanga barça turdagi qurollardan samarali öt oçib zarba bermoqda, jumladan, faol mudofaa taktikasini qöllamoqda», – deyiladi Ukraina Boş ştabi bayonotida.
Harbiylarga köra, kun davomida Ukraina qurolli kuçlari Rossiya qöşinlarining beşta hujumni qaytargan, ammo Ukraina bölinmalari uçun qurşov tahdidi yöq.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: