«Vladimir, töxta!» — Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida

AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya armiyasining Kiyevga uyuştirgan raketa zarbalarini qoraladi.
«Men Rossiyaning Kiyevga bergan zarbalaridan mamnun emasman. Buning hojati yöq edi va ular juda noörin vaqtda. Vladimir [Putin], töxta! Har hafta 5 ming askar halok bölyapti.
Kelinglar, tinçlik şartnomasini tuzamiz!» — deb yozadiTramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Rossiya qöşini 24 aprelga ötar keçasi Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan zarba berdi. Eng köp vayronagarçilik Svyatoşinskiy rayonida qayd etilgan, bu yerda turar joy binosiga zarba kelib tuşgan. Sönggi malumotlarga köra, Kiyevda sakkiz kişi halok bölgan, yana 90 kişi jarohat olgan — ularning 44 nafari şifoxonalarda.
Kiyevga zarba halok bölganlar soni böyiça 2024 yil iyuldan beri qayd etilgan eng yirik hujumga aylandi. Öşanda Rossiya raketasi Ukraina poytaxtidagi «Oxmatdet» bolalar şifoxonasiga kelib tuşgan va hujum oqibatida 34 kişi halok bölgan edi.