SAT sertifikati egalariga qöşimça grant şartlari elon qilindi
2026/2027-öquv yilida abituriyentlarni oliy talim taşkilotlariga qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilişda “College Board” taşkiloti tomonidan ötkaziladigan “Sçolastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qöllaş şartlari belgilandi. Bu haqda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Sçolastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega bölgan abituriyentlar uçun qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari oliy talim taşkilotining kunduzgi talim şakli böyiça fanlar majmuasi (talim yönalişiga mos ikkita fan) “matematika” va “çet tili” fanlari bölgan bakalavriat talim yönalişlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Bunda:
- qabul parametrining 50 foizi butun son bölmagan holatda uşbu bakalavriat talim yönalişlarida qöşimça qabul körsatkiçi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;
- röyxatdan ötişda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “çet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026 yil 25 iyun kuniga qadar (şu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholaş agentligiga kelib tuşgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
- abituriyentlarning SAT sertifikati böyiça ballari ularni qöşimça davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilişda asosiy mezon hisoblanadi;
- abituriyentlar tanlagan beştagaça oliy talim taşkiloti, bakalavriat talim yönalişiga SAT sertifikati böyiça ballar ketma-ketligiga qatiy rioya qilgan holda qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
- ajratilgan qöşimça qabul körsatkiçining quyi çegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati böyiça baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng bölib qolgan taqdirda, uşbu abituriyent(lar) ham uşbu bakalavriat talim yönalişiga talabalikka tavsiya etiladi;
- SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga uşbu imtiyozdan foydalaniş yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga köra umumiy tartibda tanlovda iştirok etiş imkoniyati yaratiladi;
- SAT sertifikatiga ega, biroq röyxatdan ötişda tanlagan beştagaça yönalişga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (böş) qolgan qöşimça grant joylariga kiriş imtihonlari natijalari elon qilingan sanadan bir haftadan söng bir hafta muddat davomida qayta röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi;
- Bilim va malakalarni baholaş agentligining qaydnomalari uşbu abituriyentlarni talabalikka qabul qiliş böyiça tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun asos böladi.