Moody’s Özbekistonning kredit reytingini bir poğonaga kötardi
Moody’s xalqaro agentligi Özbekistonning kredit reytingini bir poğona yuqoriga kötarib, “barqaror” prognozi bilan “Ba2” darajasida belgiladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozdi.
Saida Mirziyoyeva bu Prezident rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaş borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasi ekanini qayd etgan.
“Mazkur körsatkiç amalda nimani anglatadi? Bu – yanada qulay şartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qöşimça iş örinlari demak”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Şuningdek, u oldinda hali qilinadigan işlar köp ekanini bildirgan.
“Boş maqsadimiz Özbekiston fuqarolari uçun munosib kelajakni taminlovçi kuçli, oçiq hamda raqobatbardoş iqtisodiyotni barpo etişdir”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fitç xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxşilagan edi.