Apple narxlarini keskin oşirdi
Apple xotira çiplari taqçilligi sabab Mac va iPad qurilmalari narxlarini oşirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Kompaniya bayonotiga köra, suniy intellekt malumotlar markazlarining tez suratlarda kengayişi xotira va saqlaş qurilmalariga bölgan talabni keskin oşirgan.
Yangi narxlarga köra, MacBook Neo 599 dollardan 699 dollarga, 512 GB xotirali MacBook Air 1 099 dollardan 1 299 dollarga, 1 TB xotirali MacBook Pro esa 1 699 dollardan 1 999 dollarga qimmatlagan.
Şuningdek, 128 GB xotirali iPad Air narxi 599 dollardan 749 dollarga, 256 GB Wi-Fi iPad Pro esa 999 dollardan 1 199 dollarga oşirilgan.
Tahlilçilar yil oxirigaça iPhone smartfonlari narxi ham oşişini kutmoqda. IDC tahlilçisi Nabila Popalning fikriça, narxlarning hozirgi oşişi kutilganidan yuqori bölgani iPhone’lar ham avval taxmin qilinganidan qimmatroq bölişi mumkinligini anglatadi.
Nabila Popalning baholaşiça, iPhone Pro va iPhone Pro Max modellari narxi 200 dollargaça oşişi ehtimoli bor.
“50 dollarlik narx oşişi davri ortda qoldi”, degan Popal.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Apple xotira çiplari va tezkor xotira narxining keskin kötarilişini qoplaş uçun öz mahsulotlari narxini oşirişi haqida ogohlantirgandi.