Putinga keskin murojaat yöllagan Bonya Şavkat Mirziyoyevga rahmat aytdi
Bloger va teleboşlovçi Viktoriya Bonya Özbekistonga taşrif buyurdi va paxta dalasidan turib mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. U bu haqdagi videoni joriy yilning 25 iyun kuni özining Instagram sahifasida elon qildi.
“Özbekiston Prezidenti Şavkat Miromonoviçga minnatdorlik bildirmoqçiman. Men hozir Özbekistonda, sizning yerlaringizda, yani paxta dalalarida turibman. Men bu yerga malum bir missiya bilan keldim. Bu yerda bölgan bir neça kun içida men sizning nafaqat madaniyatingizni saqlab qolganingizni, balki yerlaringizning imkoniyatlarini ham köpaytirayotganingizni kördim. Va men uçun, bularning barçasini qadrlaydigan, tabiatni qadrlaydigan inson sifatida, buni köriş juda yoqimli. Bilasizmi, men juda köp sayohat qilganman, juda köp joylarda bölganman va köryapmanki, köplab Yevropa mamlakatlari ham tezkor işlab çiqarişga ötmoqda, Xitoy arzonroq, sintetikroq narsalarga ötmoqda va bu, afsuski, ekologiyamizni juda qattiq öldirmoqda”, deydi Bonya.
Şuningdek, u mamlakat xalqiga uzoq yillar davomida muvaffaqiyatli bölişni tilagan.
“Men öz közlarim bilan sizning qanday rivojlanayotganingizni körişdan juda xursandman. Sizga, xalqingizga, yerlaringizga uzoq yuzlab yillar davomida muvaffaqiyatli bölişingizni, rivojlanişingizni, odamlarga bu madaniyatni, qadriyatni va gözallikni berişingizni çin qalbimdan tilayman. Buning uçun sizga çin yurakdan rahmat aytaman, çunki men körayotgan narsa nafaqat ajoyib va mehribon odamlar, balki bu juda-juda yaxşi parvarişlangan va çiroyli joylar hamda yerlar. Rahmat aytmaslikning iloji yöq. Buni qadrlamaslikning iloji yöq. Şuning uçun, çin qalbimdan xalqingizga rivojlanişga va ösişga imkon berganingiz uçun sizga rahmat aytaman”, deydi bloger.
Eslatib ötamiz, joriy yilning aprel oyida Viktoriya Bonya jamoatçilik etiboriga tuşgan edi. Öşanda u Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga keskin murojaat bilan çiqib, turli xil muammolarni tilga olgandi. Xususan, Bonya Rossiya xalqi Putindan qörqişini aytgandi va Doğistonda yuz bergan suv toşqinlari, şuningdek, bazi ekologik muammolarga töxtalgan edi.
Şuningdek, u bir neça kun Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov bilan birga tuşgan suratini elon qilib, yana bir bor özbekistonliklar etiboriga tuşdi.