USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Poytaxtda blekaut: 4 ta tumanda “svet” öçib qoldi

217 марта
Пойтахтда блэкаут: 4 та туманда “свет” ўчиб қолди

Bugun, 28 iyun kuni podstantsiyadagi nosozlik sabab Toşkent şahrining 4 ta tumanida elektr energiyasi uzilib qoldi. Bu haqda Toşkent şahar magistral elektr tarmoqlari korxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, soat 20:45 da Toşkent şahrida joylaşgan “Yuksak” podstantsiyasidan keluvçi L-Ö-Yu 110 kV 1 va 2 elektr uzatiş tarmoqlari himoya tizimi işlaşi oqibatida favqulodda öçgan.

Oqibatda “Yurtim” hamda “Bunyodkor” podstantsiyalari töliq kuçlanişsiz qolgan va uşbu podstantsiyalar orqali elektr energiyasi bilan taminlanayotgan istemolçilarda elektr taminotida uzilişlar kuzatilmoqda.

Xususan, poytaxtning Mirobod, Yakkasaroy, Çilonzor va Uçtepa tumanlarining ayrim hududlarida elektr taminotida uzilişlar bölmoqda.

“Ayni paytda maxsus brigadalar tomonidan nosozlik sabablarini aniqlaş va bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Istemolçilarni imkon qadar zaxira manbalar orqali elektr energiyasi bilan taminlaş çoralari körilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr söraymiz”, deyiladi xabarda.

Elektr energiyasi öçib qolişi oqibatida Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasida joylaşgan “ Dream Park” nomidagi istirohat boğidagi attraktsionlarda fuqarolar qolib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga köra, qutqaruv bölinmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barça fuqarolarni çarxpalakdan xavfsiz olib tuşiş işlarini olib bormoqda.

​Bildirilişiça, vaziyat Toşkent şahar FVBB tomonidan töliq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq ham Toşkent şahrining 5 tumanidagi ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar sodir bölgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: