Boçellining villasidan yarim mln yevrolik buyumlar öğirlab ketildi
Taniqli operaçi Andrea Boçelli oilasining Toskanadagi villasidan yarim million yevrolik mulk öğirlandi. Jinoyatçilar naqd pul, zargarlik buyumlari va qimmatbaho buyumlarni tönab ketgan. Bu haqda “Il Tirreno” xabar berdi.
Malum bölişiça, uşbu köçmas mulk obekti taniqli Boçellining oilasiga tegişli. Öğrilik sodir bölgan vaqtda uy içida heç kim bölmagan, bundan taşqari, villa vaqtinçalik amerikalik sayyohlar oilasiga ijaraga berilgan bölgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikriça, jinoyatda professional öğrilardan iborat guruh iştirok etgan. Ular öz “işini” tez va maqsadli ravişda amalga oşirgan.
Sanatkorning uyidan zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar, brend sumkalar va naqd pullar öğirlangan – yetkazilgan zarar miqdori 500 ming yevroga baholanmoqda.
Qayd etilişiça, obektda qöriqlaş xizmati ulanmagan, signalizatsiya tizimi esa öçirilgan holatda bölgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Italiyaning Neapol şahrida qurollangan guruh bank filialini talon-toroj qilib, 25 kişini garovga olgandi va yerosti tunnellari orqali qoçib ketgan edi.