Xorijdan noqonuniy tarzda zargarlik buyumlarini olib ötişga uriniş foş qilindi
14-06-2025, 15:56
184 марта

Xorijdan noqonuniy tarzda zargarlik buyumlarini olib ötişga uriniş foş qilindi
«Qoraqalpoğiston» temir yöl çegara bojxona postiga 652-sonli «Beyneu-Nukus» yönalişida harakatlanib kelgan yölovçi poyezdining 9-vagonida yölovçi sifatida kelayotgan Özbekiston fuqarosining qöl sumkasi xolislar iştirokida közdan keçirilganida unda hujjatlarda körsatilmagan, xufyona tarzda yaşirib olib ötişga uringan 7 turdagi 47 dona jami oğirligi 140,5 gramm bölgan oltin qimmatbaho metallidan yasalgan zargarlik buyumlari aniqlandi.Fuqaro mazkur qimmatbaho buyumlarni heç qanday hujjatlarsiz Qozoğistondan Özbekiston hududiga olib kelayotgan bölgan.
«Qoraqalpoğiston» temir yöl çegara bojxona postida aniqlangan navbatdagi holatda esa mansabdor şaxs hisoblanuvçi vagon kuzatuvçisining zargarlik buyumlarini özi kiyib yurgan paypoğiga yaşirib olib ötişga uringan.
Bojxona xodimlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda «Qoraqalpoğiston» temir yöl bekatida 649-sonli «Nukus-Manğistau» yönalişidagi yölovçi poyezdining 11-sonli vagoni közdan keçirilganida, uşbu vagon kuzatuvçisi bölib ketayotgan fuqaro özi kiyib yurgan paypoğiga xufiyona tarzda yaşirib tegişli hujjatlari bölmagan qora rangli selofan paketda jami oğirligi 118 grammga teng bölgan oltindan yasalgan zargarlik buyumlari olib ötmoqçi bölganligi aniqlandi.
Takidlanişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi tomonidan joriy yil boşidan jami 7ta holatda 2187 gr qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlarining bojxona çegaralari orqali noqonuniy tarzda olib ötilişiga çek qöyilgan.
Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.