Qariyb 1 mlrd sömlik taqinçoqlarni yaşirinça olib ötişga uringanlar uşlandi
11-06-2025, 12:50
278 марта

Qariyb 1 mlrd sömlik taqinçoqlarni yaşirinça olib ötişga uringanlar uşlandi
Toşkent xalqaro aeroportida 1 mlrd sömlik taqinçoqlarni yaşirinça olib ötişga uringanlar töxtatildi. Bu haqda “Toşkent-Aero” xabar berdi.Qayd etilişiça, Dubay-Toşkent yönalişi böyiça birgalikda uçib kelgan 3 nafar fuqarolarni belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkaziş jarayonida mazkur fuqarolar tomonidan yaşirilgan, bojxona xodimlarining oğzaki sörovida malum qilinmagan zargarlik buyumlari borligi foş bölgan.
Aniqlangan zargarlik buyumlarining umumiy oğirligi 781 grammni, taxminiy hisob-kitoblarga köra qiymati esa salkam 970 mln sömni taşkil etgan.
Bildirilişiça, hozirda uşbu zargarlik buyumlari aşyoviy dalil sifatida saqlovga olinib, holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.