USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi xususiy korxonalarda ham “bolniçniy”ni davlat tölaydi

86 марта
Энди хусусий корхоналарда ҳам “болничный”ни давлат тўлайди
Joriy yilning 1 iyulidan boşlab vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalari davlat ijtimoiy suğurtasi orqali tölanadi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, bugun, 29 iyun kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 1 iyuldan kuçga kiradigan muhim yangilik – vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini davlat ijtimoiy suğurtasi orqali tayinlaş va tölaş tartibiga bağişlangan brifing ötkazilgan. Taqdimot davomida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlaş va tölaş jarayonlarining raqamlaştirilgan bosqiçlari, fuqarolar uçun yaratilgan qulayliklar hamda iş beruvçilar va masul taşkilotlar örtasidagi elektron hamkorlik mexanizmi real keyslar orqali tuşuntirilgan.

Avvalroq xabar qilinganidek, 1 iyulidan boşlab vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalari davlat ijtimoiy suğurtasi orqali tölanişi haqida 2025 yilning 17 dekabr kuni hukumat qarori bilan “Davlat ijtimoiy suğurtasi doirasida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuğiş nafaqalarini tayinlaş hamda tölaş tartibi töğrisida”gi tasdiqlangan nizomda belgilangan edi.

Yangi tartibga köra, kamida 6 oylik suğurta stajiga ega xodim kasallik varaqasi olsa, kalendar yilidagi birinçi 5 kun uçun nafaqani iş beruvçi tölaşi va 6-kundan boşlab 182 kungaça bölgan davr uçun tölovlar amalga oşirilişi Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobiga yuklatilgandi.

Kelayotgan oydan boşlab, bu tölovlar proaktiv tarzda, inson omilisiz hisoblanadi va ijtimoiy kartaga avtomatik ötkaziladi. Nafaqalar har oy ikki bosqiçda tölanadi. Yani, oyning birinçi yarmi uçun – 25 sanagaça, ikkinçi yarmi uçun – keyingi oyning 10 sanasigaça. Nafaqa miqdori xodimning örtaça oylik iş haqi va suğurta stajiga qarab hisoblanadi.

Bunda, mazkur mehnatga vaqtinça layoqatsiz statusidagi işçi xodimga 6 oydan 8 yilgaça suğurta staji bölsa – örtaça iş haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq suğurta staji bölsa – 80 foizi tölanadi.

Изоҳ қолдириш

    • Руфат 29 Iyun 2026 18:44
      блютен пулини ишлаб юриган ташкилот тўлагани маъқул эди.

Мавзуга алоқадор: