USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda homiladorlik va tuğiş nafaqasini tayinlaş hamda tölaşning yangi tartibi tuşintirildi

258 марта
Özbekistonda homiladorlik va tuğiş nafaqasini tayinlaş hamda tölaşning yangi tartibi tuşintirildi

Ijtimoiy himoya agentligi davlat ijtimoiy suğurtasi tizimi doirasida homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalarni tayinlaş hamda tölaşning yangi qoidalari yuzasidan tuşuntiriş berdi.

Özgarişlar Mehnat kodeksi, «Davlat ijtimoiy suğurtasi töğrisida»gi yangi Qonun va Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori normalariga asoslangan. 

Mehnat kodeksining 404-moddasiga muvofiq, homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalarni tayinlaş va tölaş tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi. Uşbu norma ijrosi doirasida 2025 yil 9 dekabrda «Davlat ijtimoiy suğurtasi töğrisida»gi Qonun qabul qilinib, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soladi hamda minimal suğurta staji, tölov muddatlari va tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaşini nazarda tutadi.
Uşbu qonun asosida 2025 yil 17 dekabrda Hukumat qarori qabul qilinib, mehnatga layoqatsizlik, şuningdek homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalarni tayinlaş va tölaş haqidagi yangi nizom tasdiqlandi. Hujjat suğurtalangan şaxsning suğurta stajiga qarab nafaqa miqdorini differentsiallaşgan tarzda belgilaydi.

Jumladan, homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqani hisoblaşda quyidagi koeffitsiyentlar qöllaniladi:
— suğurta staji 10 oydan 24 oygaça bölganda — örtaça iş haqining 75 foizi;
— 25 oydan 60 oygaça — 85 foizi;
— 61 oy va undan ortiq bölganda — 100 foizi.

Agentlikda takidlanişiça, yangi tartib Mehnat kodeksiga zid emas, çunki nafaqaning minimal miqdori örtaça iş haqining kamida 75 foizi darajasida saqlab qolingan. Şu bilan birga, qonunga muvofiq, tayinlaş va tölaşning aniq mexanizmlari Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiradi.

Qayd etilişiça, davlat ijtimoiy suğurtasi tizimi orqali tölanadigan nafaqalar öz huquqiy tabiatiga köra ijtimoiy yordam emas, balki suğurta tölovlari hisoblanadi. Ularni oliş huquqi tizimda iştirok etiş va suğurta badallarini tölaş orqali şakllanadi.

2026 yil 1 yanvarga qadar homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalar amalda asosan byudjet taşkilotlarida tölangan va iş beruvçining töğridan-töğri majburiyati sifatida qarab kelingan. Bu amaliyot suğurta badallari bilan nafaqa oliş huquqi örtasidagi boğliqlikni taminlamagan hamda ayrim hollarda suiistemollarga — xususan, nafaqa oliş maqsadida mehnat munosabatlarini qisqa muddatga rasmiylaştirişga olib kelgani qayd etilmoqda.
Aynan şu kabi xavflarni oldini oliş maqsadida yangi tizimda minimal suğurta staji joriy etildi. Işlab çiquvçilarning takidlaşiça, bu mexanizm barça rasmiy işlayotgan fuqarolar uçun teng şart-şaroitlarni taminlaş, tizimning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş va suiistemollarning oldini olişga qaratilgan.

Şu bilan birga, özgarişlar ayollarning ijtimoiy himoyasini çeklamasligi alohida takidlanadi. Aksinça, ular rasmiy bandlikni va ijtimoiy suğurta tizimida uzluksiz iştirok etişni rağbatlantirişga qaratilgan bölib, bu yanada barqaror va uzoq muddatli ijtimoiy kafolatlarni taminlaydi.
Taqqoslaş uçun, avval ham xususiy sektorda stajga oid talablar mavjud bölgani qayd etiladi: nafaqa oliş uçun kamida olti oylik uzluksiz mehnat staji talab etilgan, tölov miqdori esa örtaça iş haqining 75 foizini taşkil etgan. Şuningdek, minimal suğurta stajini belgilaş amaliyoti xalqaro tajribaga ham mos keladi.

Xususan, Frantsiya, Yaponiya, Qozoğiston, BAA, Xitoy va boşqa qator rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqa oliş uçun 10 oydan 12 oygaça suğurta yoki mehnat staji talab etiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: