Işsizlik nafaqasini tölaşning yangi tartibi joriy qilindi

Işsizlik nafaqasini tölaşning yangi tartibi joriy qilindi
Joriy yilning 1 noyabridan Özbekistonda işsizlik nafaqasi miqdori oşiriladi hamda uni oliş şartlari özgaradi. Bu haqda farmonida belgilangan.
Hujjatga köra, işsizlik nafaqasi faqat mehnat şartnomasi bekor qilingan hamda sönggi beş yilda kamida 18 oy işlagan şaxslarga tölanadi.
Nafaqa tayinlaş uçun mehnat şartnomasi bekor qilinganidan keyin 6 oy içida murojaat qiliş lozim. Bu holda sönggi 1,5 yildagi örtaça oylik iş haqi hisobidan uç oy davomida tölov amalga oşiriladi.
Birinçi oyda – örtaça oylik iş haqining 75 foizi miqdorida, ammo mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 3 baravari (3,813 mln söm)dan oşmagan holda tölanadi. Ilgari tölov miqdori örtaça oylik iş haqining 50 foizini taşkil qilar edi. Keyingi oylarda – örtaça oylik iş haqining 50 foizi, lekin MHTEKMning 3 baravaridan köp bölmagan miqdorda tölanadi.
Işsizlik nafaqasini qayta tayinlaş uçun avvalgi tayinlangan nafaqa oliş muddati tugaganidan keyin rasmiy ravişda kamida 12 oy işlaş zarur.
Agar nafaqa oluvçi bandlik organlari yöllanmasi bilan suhbatga yoki elon qilingan böş iş örinlariga bormasa, yoki unga taklif qilingan mos işdan boş tortsa, nafaqa tölovi kelgusi oyning 1 sanasidan töxtatiladi.