Özbekistonda bir oylik harbiy xizmat tölovi 10 foiz oşiriladi
7-06-2025, 10:21
948 марта
Özbekistonda bir oylik harbiy xizmat tölovi 10 foiz oşiriladi Respublikada joriy yil 1-avgustdan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 10 foiz oşirilib, 1 mln 271 ming sömga yetkaziladi. Bu özgariş safarbarlik çaqiruv rezervi (1 oylik harbiy xizmat) töloviga tasir qiladi.
Safarbarlik çaqiruv rezervi tölov badali bevosita mehnatga haq tölaşdagi eng kam miqdorning 7 barobariga teng. Demak, avgustdan bir oylik harbiy xizmat haqi hozirgi 8 mln 85 ming sömdan 8 mln 897 ming sömga oşiriladi.
Özbekistonda 2019-yildan boşlab mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori joriy etilgan.
Mazkur tölov miqdori oşirilgani sari bir oylik harbiy xizmat narxlari quyidagiça özgargan:
2019-yil — 4 mln 40 ming söm;
2020-yil — 4 mln 755 ming söm;
2021-yil — 5 mln 754 ming söm;
2022-yil — 6 mln 440 ming söm;
2023-yil — 6 mln 860 ming söm;
2024-yil — 8 mln 85 ming söm.
Safarbarlik çaqiruv rezervi safiga qabul qilinganlardan pul badallari biryöla yoki bir yil mobaynida bölib tölaş orqali olinadi. Mazkur mablağlar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik çaqiruvi rezervi mablağlari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Pullar muddatli harbiy xizmatçilarga nafaqa tölaş, vazirlik moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatçilari taminotiga yönaltiriladi.
Fuqarolar safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoşga tölgunga qadar olinadi. Ular xizmatni ötaş davrida oylik harbiy yiğinlarga, favqulodda vaziyatlar yoki Özbekistonga qarşi qurolli tajovuz röy bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga jalb qilinişi mumkin.