IIVA va JXU transformatsiya qilinadi
Özbekistonda Jamoat xavfsizligi universitetini va Içki işlar vazirligi akademiyasini transformatsiya qiliş taklif etilmoqda. Bu haqda bugun, 29 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini taminlaş faoliyatini takomillaştiriş, sohada kadrlar tayyorlaş tizimini rivojlantiriş yuzasidan takliflar taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, taqdimotda jamoat xavfsizligini taminlaş uçun zamonaviy, vatanparvar va har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlaş masalasiga ham alohida etibor qaratilgan. Çunki mahalla va tuman darajasida işlayotgan xodimlar har qanday vaziyatda töğri qaror qabul qila oladigan bilim, malaka va könikmaga ega bölişi şart.
Bu maqsadda Jamoat xavfsizligi universitetini transformatsiya qiliş, kunduzgi talim kvotasini 600 nafargaça, masofaviy talim kvotasini 300 nafargaça oşiriş taklif qilingan.
Universitetda huquqbuzarliklar profilaktikasi, yöl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlaş va qöriqlaş faoliyati yönalişlarida kadrlar tayyorlanadi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yönalişi va kafedrasi taşkil qilinib, xotin-qizlar, yoşlar va voyaga yetmaganlar, bozor va savdo majmualari böyiça profilaktika inspektorlari tayyorlanadi.
Talim jarayoniga xavf-xatar tahlili, geoaxborot tizimlari, dron va robototexnika, profayling, konfliktologiya, muammoli sotsiologiya, oçiq manbalardan foydalangan holda raqamli tahlil, oilaviy mediatsiya kabi yangi innovatsion fanlarni kiritiş rejalaştirilmoqda.
Içki işlar organlarida kadrlar tayyorlaşning talim klasteri ham şakllantiriladi. Bu jarayonda umumiy örta talimdan boşlab idoraviy ixtisoslaştirilgan maktab-internat, akademik litseylar, içki işlar texnikumlari, Içki işlar vazirligi akademiyasi va malaka oşiriş institutlarigaça bölgan uzluksiz tizim yölga qöyiladi.
Kasbiy talim tizimini joriy etiş doirasida Namangan va Samarqand texnikumlarida örta-maxsus malumotga ega ofitser va safdorlar tayyorlanadi. Öquv jarayonida yuridik-texnik talim, jismoniy bardoşlik, jangovar şaylik, raqamli texnologiyalar, kasbiy talim, birinçi tibbiy yordam, dron va AT platformalar bilan işlaş kabi yönalişlarga alohida etibor qaratiladi. Dual talim asosida nazariya va amaliyot uyğunlaştiriladi.
Içki işlar vazirligi akademiyasini ham transformatsiya qiliş taklif etilgan. Akademiya faoliyati “talim – tadqiqot – amaliyot” zanjiri asosida qayta taşkil etilib, jamoat xavfsizligini taminlaş, tezkor-qidiruv faoliyati, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş, ekspert-kriminalistika va ijtimoiy reabilitatsiya yönalişlarida ixtisoslaşgan maktablar şakllantiriladi.
Yangi dual talim matritsasi asosida kursantlar “öqiş – amaliyot – faoliyat” tamoyili böyiça tayyorlanadi. Rahbar kadrlar malakasini oşiriş tizimi tubdan takomillaştiriladi.
Prezident takliflarni maqullab, profilaktika inspektorlarini ortiqça vazifalardan xalos etiş, ularning huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasini mustahkamlaş, jamoat xavfsizligi tizimini raqamlaştiriş hamda kadrlar tayyorlaşni zamonaviy talablar asosida taşkil etiş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar bergan.