Prezident maxsus körgazmaga borib, faol yoşlar bilan uçraşdi
Bugun, 30 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Olimpiya şaharçasida Yoşlar kuni munosabati bilan taşkil etilgan maxsus körgazmada mamlakatning faol va izlanuvçan yoşlari bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari ularning mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik va kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş kabi sohalardagi loyihalari bilan tanişgan, loyiha taşabbuskorlari bilan şaxsan muloqot qilgan.

Farğona tumanidagi Obod mahallasi yoşlar yetakçisi Islombek Muhammadjonov öz mahallasida taşkil etgan “Obod talim” öquv markazi orqali 600 nafar tengdoşini zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga öqitgan. U faoliyatini Germaniyaning nufuzli kompaniyalari bilan xalqaro şartnomalar asosida global bozorga olib çiqişga erişganini sözlab bergan. Uşbu amaliy harakat tufayli mahalla yoşlar işsizligi va jinoyatçiligidan xoli hududga aylantirilgan.

Şuningdek, “Yaşil taşabbuslar” jamğarmasi koordinatori, “Green University” magistranti Gulirano Mamirovaning taşabbuslari etiborga molik. Uning ekologik-ijtimoiy va “yaşil” innovatsiyalar startaplarini yölga qöyiş borasidagi işlari davlat rahbarining alohida etiborini tortgan.

Rangtasvir tanlovida “Eng original ğoya” nominatsiyasi ğolibi Odinaxon Mamurjonovaning ijodiy intilişlari, jismoniy imkoniyati çeklanganiga qaramay, uyda talim olayotgan bolalar uçun “Öqi va yuksal” loyihasini amalga oşirib kelayotgan Çinora Ğulomovaning matonati Prezident tomonidan yuqori baholangan. Ularning jamiyatdagi inklyuziv muhitni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarini tizimli qöllab-quvvatlaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berilgan.

Körgazmaning startaplar, tadbirkorlik va kasb-hunar maydonida yoşlarning xalqaro miqyosda raqobatlaşa oladigan intellektual salohiyati namoyiş etilgan.
Prezident maktabi bitiruvçisi, Çikago universiteti talabasi Asilbek Aşurov ön sakkiz yoşida “Makon AI” startapini tasis etib, suniy intellektga asoslangan SAT/AP testlariga tayyorgarlik platformasini yaratgan. Bugungi kunda startapi AQŞ hamda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mintaqasida 100 mingdan ortiq mijoz va investorlardan 380 ming dollar sarmoya jalb etgani, loyiha qiymati 3 million dollarga baholanganini malum qilgan.

Dunyoning yetakçi akseleratori sanalgan “Y Combinator” dasturining birinçi özbek iştirokçisi Sardorbek Rahmatulloyevning AQŞda yillik daromadi köp ming dollarlik startapga asos solgani va “Meta Superintelligence” kompaniyasida orttirgan tajribasi ham milliy startap ekotizimimizning yutuği sifatida etirof etilgan.
Prezident bu kabi yuqori texnologiyali loyihalarni mamlakatda keng joriy etiş va yoş tadbirkorlarga xorijiy bozorlarga çiqişda kömaklaşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişi bölib qolişini takidlangan.

Muhandislik va innovatsiya sohasidagi taqdimotlar doirasida talabalarning suniy intellekt hamda robototexnika yönalişidagi muvaffaqiyatlari körib çiqilgan.
Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, dronlar poygasi böyiça mamlakat çempioni Biloliddin Ismoilov mahalliy antidron tizimlarini yaratiş va takomillaştirişda iştirok etayotganini malum qilgan.
Nukus davlat texnika universiteti talabasi, Nukus yoşlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanovaning “Yangi avlod avtomobillari” yönalişidagi muvaffaqiyatli loyihasi esa hududlarda ham muhandislik maktablari jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. Davlat rahbari uşbu innovatsion işlanmalarni turli tarmoqlarda joriy etiş zarurligini qayd etgan.
Navqiron avlodning madaniy-marifiy sohadagi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş yönalişidagi yutuqlari ham uçraşuvning asosiy mavzularidan biri bölgan.
Xalqaro gözallik va sanat tanlovlari sovrindori Nigina Faxriddinova hamda yoş musiqaçi Amina Avazovaning yutuqlari milliy madaniyatning xalqaro nufuzini oşirişga xizmat qilayotgani aytib ötilgan.
Şu bilan birga, aholi orasida kitobxonlikni keng yoyişga qaratilgan raqamli loyihalar namoyiş etilgan. “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov yaratgan mobil ilova qariyb 5 million marta yuklab olingani va unda öqilayotgan kitoblar soni 18 milliondan oşganini takidlangan.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi Nilufar Ergaşeva “Yaşil söz” kitobi muallifi, “Söz” loyihasi iştirokçisi. U Özbekistonning adabiy xaritasini yaratiş orqali adabiy turizmni rivojlantiriş hamda “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-marifiy va turizm majmuasida özbek ijodkorlarining yirik nazm va navo keçasi, şeriy oqşomlar kabi ommaviy badiiy kontsert dasturlarini taşkil etiş taklifini bildirgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan bölib ötgan samimiy muloqotda ular tomonidan ilgari surilgan istiqbolli loyiha va taşabbuslarni qöllab-quvvatlagan.