Jazoni ötagan yoşlar uçun “Ikkinçi imkon” loyihasi boşlanadi
24-02-2026, 18:18
103 марта

Jazoni ötagan yoşlar uçun “Ikkinçi imkon” loyihasi boşlanadi
Özbekistonda jazoni ötagan yoşlar uçun “Ikkinçi imkon” loyihasi boşlanadi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni “Köksaroy” qarorgohida ötkazilgan Prezident Şavkat Mirziyoyev va yoşlar uçraşuvida malum qilindi.Qayd etilişiça, yiğilişda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötab bölgan yoşlarning ijtimoiy hayotga tez moslaşişini taminlaş muhim ekani takidlangan. Buning uçun “Ikkinçi imkon" loyihasi boşlanadi.
Bunday yoşlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlaş, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boşqa kasblar va xorijiy tillarga öqitilib, daromadli işga ega böladi.
Mazkur tizim joriy yil 1 iyundan Navoiy, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatida, kelasi yildan esa barça hududlarda joriy qilinadi.