Kelasi yildan öquvçi va talabalarga suniy intellektni öqitiş boşlanadi
2-12-2025, 10:05
101 марта

Kelasi yildan öquvçi va talabalarga suniy intellektni öqitiş boşlanadi
Özbekistonda kelgusi öquv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda öquvçi va talabalarga suniy intellektni öqitiş boşlanadi. Bu haqda bugun, 1 dekabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning soğliqni saqlaş, talim, transport va kosmos sohalarida suniy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş böyiça olib borilayotgan işlar taqdimoti bilan tanişişi çoğida aytildi.Qayd etilişiça, davlat rahbarining oktyabr oyida qabul qilingan “Suniy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni va “Suniy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan mamlakatda bu borada zarur infratuzilma barpo etiş hamda kadrlar tayyorlaş uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Jumladan, 2030 yilgaça strategiya tasdiqlanib, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida tegişli markaz oçilgan. Suniy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş uçun zarur hisoblaş infratuzilmasi barpo qilinmoqda. Jumladan, AQŞning Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlikda super kompyuter klasterini işga tuşiriş loyihasi amalga oşirilmoqda. Tibbiyot sohasida suniy intellekt böyiça 5 ta loyiha joriy qilinmoqda. Xususan, insult, kökrak saratonini suniy intellekt yordamida aniqlaş orqali diagnostika vaqti 80 foizga tejalib, hayot uçun xavfli holatlar barvaqt aniqlanmoqda.