USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

SI böyiça TOP-50 ta davlat qatoriga kirişni maqsad qilganmiz – Mirziyoyev

118 марта

SI böyiça TOP-50 ta davlat qatoriga kirişni maqsad qilganmiz – Mirziyoyev

Özbekiston 2030 yilga borib suniy intellekt böyiça TOP-50 ta davlat qatoriga kirişi mumkin. Bu haqda bugun, 21 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev suniy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş yuzasidan ötkazilgan yiğilişda söz oçdi.

Yiğilişda Prezident soha uçun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida suniy intellekt laboratoriyasi yöqligiga etibor qaratgan. Keyingi öquv yiliga qadar 10 ta oliy talim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlaş reja qilingan. Şu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta şunday laboratoriya taşkil qiliş taşabbusi maqullangan.
“Yangi Özbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida işlaydigan “suniy intellekt klasteri” işga tuşiriladi. Keyingi öquv yilidan TOP-300 talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda suniy intellekt böyiça qöşma talim dasturi yölga qöyiladi.
Oliygohlarda suniy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT-muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yönalişlar uçun davlat granti kvotalari 35 foizga oşiriladi. Talabalarning suniy intellektga qiziqişini oşiriş maqsadida oliygoh jamoalari örtasida suniy intellekt böyiça umummilliy tanlov ötkaziladi.

Qulay ekotizim yaratilgani uçun yil boşidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritilgan. Lekin bunda suniy intellekt sohasidagi startaplar uluşi hali kamligi aytildi. Şu bois, bunday startaplarni köpaytiriş maqsadida mukofot jamğarmasi 1 million dollar bölgan “Suniy intellekt sohasidagi eng yaxşi startap” tanlovini ötkaziş taklif qilindi.
“Biz 2030 yilga borib, suniy intellekt böyiça TOP-50 ta davlat qatoriga kirişni maqsad qilganmiz.  Şu bois, ilğor xorijiy tajribadan kelib çiqib, “Suniy intellekt alyansi”ni taşkil qilamiz”, deydi Prezident.
Uşbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakçi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va mahalliy vakillar, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi. Alyansning asosiy vazifalari yetakçi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş, mahalliy dasturlar böyiça media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni taşkil etiş, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro körgazma, forum va konferentsiyalardagi iştirokini taşkil etişdan iborat böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: